Abstract
Ushbu maqolada purinergik reseptorlarning tabiiy ingibitorlari va ularning saraton patogenezida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Purinergik signalizatsiya tizimi hujayra o‘sishi, yallig‘lanish va immun javobni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan moddalarning bu reseptorlar faolligini bostiruvchi ta’siri saraton rivojlanishini sekinlashtirishi yoki to‘xtatishi mumkin. Maqolada purinergik P2X va P2Y reseptorlarining onkogenezdagi roli, shuningdek, flavonoidlar, alkaloidlar va boshqa tabiiy birikmalar asosida ishlab chiqilgan terapevtik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.
Full text article
Generated from XML file
Authors
Abdujalilovich, M. Z. (2025). Purinergik Reseptorlarning Tabiiy Ingibitorlari: Saraton Patogenezida Yangi Terapevtik Nishonlar. Journal of Science in Medicine and Life, 3(7), 4–5. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JSML/article/view/2615
Copyright and license info is not available