Sil Bilan Kasallangan Bemorlarning Qalqonsimon Bezi Faoliyatiga Silga Qarshi Davolash Choralarining Ta’siri

Kuyliyev Kalandar Urinovich, Urinov Firdavs Kalandarovich

Abstract

Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsifiga ko’ra, dorilarning nojo’ya ta’siri – bu kasalliklarni davolash, tashxislash yoki oldini olish maqsadida dori vositalarini qo’llash natijasida organizmda kuzatiladigan zararli yoki nojo’ya holatlardir. Ishning maqsadi o’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemorlarda qalqonsimon bezining funksional holatini silga qarshi kimyoviy terapiyaning jadal davolash bosqichidan oldin va oxirida o’rganish edi. Samarqand viloyat silga qarshi dispanserida davolayotgan, o’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemor tekshirildi.


Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, qalqonsimon bez gormonlarining sintetik analoglarini silga qarshi kimyoviy terapiya bilan birga qo’llashga uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa bemorlarning silga qarshi davolash choralarida muvaffaqiyatli natijalarga erishishga imkon beradi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Kuyliyev Kalandar Urinovich
Urinov Firdavs Kalandarovich
Urinovich, K. K., & Kalandarovich, U. F. (2024). Sil Bilan Kasallangan Bemorlarning Qalqonsimon Bezi Faoliyatiga Silga Qarshi Davolash Choralarining Ta’siri. Journal of Science in Medicine and Life, 2(7), 172–178. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JSML/article/view/1358
Copyright and license info is not available

Article Details