Silni Tashxislashda Gene Xpert Mbt/Rif Testining Ahamiyati

Kuyliyev Kalandar Urinovich, Urinov Firdavs Kalandar o`g`li

Abstract

Tuberkulyoz yuqumli kasallik bo'lib, uning muammosi butun dunyoda dolzarb bo'lib qolmoqda. Bu yuqumli kasalliklar orasida o'limga olib keladigan kasalliklarning ikkinchisidir. Mikroskopiya, oziq muhitlariga ekish va dorilarga sezgirlikni tekshirish usullari butun dunyo bo'yicha tuberkulyoz kasalligini laborator diagnostikasida qo'llaniladigan standart usullardir, ammo ular ko'p vaqt talab qiladigan jarayonlar bo'lib, tashxis qo'yish uchun sakkiz haftagacha vaqt ketadi. Zamonaviy ftiziatriyaning dolzarb masalasi tuberkulyoz infektsiyasini tashxislashning yangi tez va ishonchli usullarini ishlab chiqish hisoblanadi. So'nggi yillarda Gene Xpert MBT/RIF tizimi keng qo'llanililayapti. Tadqiqotning maqsadi o`pka tuberkulyozini tashxislashda Gene Xpert MBT/RIF testining ahamiyatini aniqlash edi. Tadqiqot Gene Xpert MTB/RIF testining yuqori o'ziga xosligi va nisbatan yuqori sezgirligini ko'rsatdi, bu tuberkulyoz va boshqa o'pka kasalliklarini taqqosiy tashxislashda qo'shimcha usul bo'lib xizmat qilishi mumkinligini ko`rsatdi. Bundan tashqari, Gene Xpert MTB/RIF testi tuberkulyozga tashxis qo'yish vaqtini qisqartirish, shuningdek, rifampitsinga chidamlilikni aniqlashda odatdagi usullarga qaraganda samarali tekshirish usuli hisoblanadi. Gene Xpert MTB/RIF to'liq avtomatlashtirilgan usul bo'lib, u tuberkulyoz kasalligi bo'yicha tekshirish olib boradigan laborant xodimlarning biologik xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Kuyliyev Kalandar Urinovich
Urinov Firdavs Kalandar o`g`li
Urinovich, K. K., & o`g`li, U. F. K. (2024). Silni Tashxislashda Gene Xpert Mbt/Rif Testining Ahamiyati. Journal of Science in Medicine and Life, 2(7), 160–165. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JSML/article/view/1356
Copyright and license info is not available

Article Details