YOZMA VA OG’IZAKI NUTQ KAMCHILIGI BOR BOLALARNING SHAXS VA SHAXSLAR MUNOSABAT XUSUSIYATLARI
Abstract
Maqolada yozma va og’izaki nutq kamchiligi bo’lgan bolalarning shaxs va shaxslar
munosabatlari xususiyatlari o’rganiladi. Nutq kamchiligi bo’lgan bolalar o’zlarini jamiyatda to’g’ri
ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelishadi, bu esa ularning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy
muloqotlariga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu maqolada shaxs va shaxslar munosabatlarini shakllantirishda
nutqning roli, nutq kamchiligi bor bolalarga mos yondashuvlar, shuningdek, pedagogik yondashuvlar
va psixologik yordam usullari ko’rib chiqiladi. Nutq kamchiligi bo’lgan bolalarning shaxsini
rivojlantirish uchun muhim pedagogik uslublar va metodlar taklif etiladi. Maqola nutq kamchiligi
bor bolalarga ijtimoiy moslashuvda yordam berish va ularning ijtimoiy kompetentsiyalarini oshirish
uchun samarali usullarni tavsiya etadi.