Hududlarining Investitsion Jozibodorligini Statistik Tahlili (Qoraqalpog‘Iston Respublikasi Misolida)
Abstract
Ushbu maqolada mazkur sohadagi ishlarning holatini tahlil qilish investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis amalga oshirishga, investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, investitsiya dasturini shakllantirishning amaldagi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni, loyiha hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlamayapti, bu esa moliyalashtirishning ochilishi, mablag‘lar o‘zlashtirilishi, oqibatda esa quvvatlar ishga tushirilishi kechiktirilishiga olib kelmoqda. Investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilmagan.