Xizmat Koʻrsatish Sohasida Innovatsion Infratuzilma Va Tarmoqlarga Jalb Qilingan Investitsiyalar Hajmi Tahlili
Abstract
Ushbu maqolada yurtimizda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadi iqtisodiy salohiyatni oshirish, xizmatlar sifatini taʼminlash, aholining xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini toʻliq qondirish va taqdim qilinayotgan xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Tahliliy maʼlumotlarga koʻra, respublikamizda xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2022-yilda 33,7%ni tashkil qilgan holda, bu sohada iqtisodiyotning real sektoriga nisbatan jadal surʼatlar bilan taʼminlash va barqaror rivojlanishga ega boʻlish boʻyicha yuqori salohiyatga ega soha hisoblanadi. Shunga koʻra, jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotning transformatsiyalashishi hamda aholi farovonligini oshirish xizmatlar bozorining rivojlanishiga chambarchas bogʻliq.