Jamoat Tartibi Va Jamoat Xavfsizligini Ta’minlash Bo‘Yicha Ilg‘Or Xorijiy Tajribalar Tahlili

Zokirov Farxod Sobirjonovich

Abstract

Barcha davlatlarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardan biri bo‘lib, ushbu vazifa bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalarni boshqarish turli yo‘llar va usullar orqali amalga oshiriladi. Ushbu sohada har bir davlat o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lib, ularni o‘rganish hamda yurtimizda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimiga tatbiq etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «bugungi kunda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini chuqur o‘rgangan holda, amaliy faoliyatga yangicha ish uslublari va mexanizmlarini, xususan, raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish vazifasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim». Bu borada tadqiqot olib borgan huquqshunos olimlar ham xorij tajribasini o‘rganish jamiyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarni belgilab olish, bashariyatning uzoq tarixiy taraqqiyoti jarayonidagi yanglishuvlar va xato yondashuvlarga qayta yo‘l qo‘yilishining oldini olish imkonini berishini qolaversa, xorijiy davlatlarning tajribasini sinchkovlik bilan o‘rganish va joriy etishda har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozimligini ta’kidlaganlar.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Zokirov Farxod Sobirjonovich
Sobirjonovich, Z. F. (2024). Jamoat Tartibi Va Jamoat Xavfsizligini Ta’minlash Bo‘Yicha Ilg‘Or Xorijiy Tajribalar Tahlili. Journal of Innovation in Education and Social Research, 2(9), 24–28. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/1604
Copyright and license info is not available

Article Details