Erp Tizimiga Asoslangan Boshqaruv Tizimi
Abstract
Zamonaviy raqamli iqtisodiyot va agrologistikada ta’minot zanjirini samarali boshqarish korxona raqobatbardoshligini belgilovchi strategik omil bo'lib, Enterprise Resource Planning tizimlari barcha biznes jarayonlarini integratsiyalashning markaziy vositasi hisoblanadi. Ko'pgina korxonalarda ERP tizimlari mavjud bo'lsa-da, ularning real vaqt rejimidagi risklarni boshqarish operatsiyalari bilan to'liq sinxronlashmaganligi va ma'lumotlar shaffofligidagi metodologik bo'shliqlar operatsion uzilishlarga sabab bo'lmoqda. Mazkur tadqiqotda tizimli tahlil va raqamli ta'minot zanjiri modellarini tatbiq etish metodlaridan foydalanib, ERP tizimining resurslarni taqsimlashni optimallashtirishdagi ta'siri o'rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ERP tizimiga asoslangan boshqaruv modelini joriy etish tannarxni minimallashtirish, texnik nosozliklarni onlayn kuzatish orqali erta aniqlash va avariyaviy holatlarni kamaytirish imkonini beradi. Ushbu yondashuvning amaliy ahamiyati korxonalarda ESG va komplayens talablariga muvofiq ma'lumotlarni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish hamda oziq-ovqat ta'minotida optimal logistik modellarni yaratish imkoniyatini berishida namoyon bo'ladi..