Sud Hujjatlari Va Boshqa Organlar Hujjatlarini Ijro Etishda Mol-Mulkni Realizatsiya Qilishning O’ziga Hos Jihatlari
Abstract
Ushbu maqolada sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mol-mulkni majburiy realizatsiya qilishning huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari hamda muammoli jihatlari tahlil qilinadi. Ijro hujjatlarini amalga oshirishda davlat ijrochilari tomonidan mol-mulkni aniqlash, baholash, musodara qilish va sotish bosqichlari qonunchilik asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, ijro jarayonida yuzaga keladigan nizolar, ularni hal etish yo‘llari, mol-mulkni aniqlashda axborot tizimlaridan foydalanish amaliyoti ham yoritiladi. Chet el tajribasi bilan solishtirma tahlil asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Maqola yuridik amaliyot va ijro sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.