Davlat-Xususiy Sheriklik Asosida Jamoat Xavfsizligini Ta’minlash Bilan Bog‘Liq Sud Amaliyotining Tahlili
Abstract
Maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq sud amaliyoti tahlil qilinadi. Ushbu ishda davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy huquqiy jihatlari ko‘rib chiqilib, jamoat xavfsizligi sohasida DXSh loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar yoritib beriladi. Maqolada, shuningdek, normativ-huquqiy tartibga solish masalalari, sud nizolarini hal etish amaliyoti va DXSh loyihalarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlarini himoya qilishda sudlarning o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat-xususiy sheriklikni samaraliroq joriy etish uchun sud amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham taqdim etilgan.