MILLATLARARO TOTUVLIK VA BAG`RIKENGLIK TINCHLIK KAFOLATI
Abstract
Bugun mana shunday xavfli - tahlikali, o`ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo`lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo`lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o`ylaymanki, hech qanday xato bo`lmaydi. Hozirgi kunda bag`rikenglik muammosi butun dunyoda dolzarb muammo sifatida tegishli xalqaro tashkilotlarda muhokama qilinmoqda. Chunonchi, YUNESKO bag`rikenglikni shakllantirish yo`lida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Uning Parijdagi qarorgohida 1993-yili tolerantlik bo`linmasi tuzildi. Oradan ikki yil o`tib (1995-yil 16-noyabrda) YUNESKO Bosh Konferensiyasi ,,Deklaration of prinsip les on tolerance’’ ni tasdiqladi. Bu hujjatni 185 ta davlat shu jumladan, O`zbekiston ham imzoladi. Deklaratsiyada milliy etnik va til guruhlariga nisbatan zo`ravonlik, yotsirash va kamsitishning yalpi avj olishiga qarshilik ko`rsatish lozimligi ta’kidlanadi. Bag’rikenglik xalqlar o`rtasida murosaga kelish yo`lini topish mojarolarni tinch yo`l bilan bartaraf etishning muhim sharti ekaligini keng jamoatchilik e’tirof etmoqda.