Abstract
Ushbu tadqiqot homiladorlik paytida yuzaga kelgan respiratorli virusli infektsiyalar
ta'sirida yuzaga kelgan yengil darajali nafas yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin bo'lgan
ventilyatsiya-perfuzion munosabatlarning buzilishi va homilador bachadon tomonidan
diafragmaning siqilishi fonida o'pkaning ventilyatsiya qilinmagan qismlarida qon oqimining
saqlanishi bilan birga asoratlanishida kesarcha kesishda qo'llanilgan anesteziya usulining
samaradorligi tasvirlangan. Ushbu istiqbolli tadqiqotning maqsadi 21-45 yoshdagi, 32-41 haftalik
homiladorlik davriga ega bo'lgan 86 homilador ayollarni tekshirishdan iborat edi. Operativ tug'ruq
paytida anesteziyani boshqarish usulini tanlash pnevmoniyaning og'irligi va nafas yetishmovchiligi
darajasiga asoslangan. Neyroaksiyal blokadaning (NB) sinovdan o'tgan variantlari tashqi nafas olish
yoki gaz almashinuviga hech qanday depressiv ta'sir ko'rsatmadi.