O`Zbekiston Taraqqiyot Strategiyasida Sog`Liqni Saqlash Islohotlari Doirasida Bolalar Jarrohlik Stomatologiyasi Xizmatlarini Modernizatsiya Qilish Yo`Nalishlari

Dusmuxamedov M. Z, Sattorova D. G, G. A. Adxamjonova, Y. S. Xakimjonova

Abstract

O‘zbekistonning 2022-2026-yilgacha mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan modernizatsiya qilish, bolalar salomatligini yaxshilash, tibbiy xizmatlarning hududlar bo‘yicha teng taqsimlanishini ta’minlash va yuqori texnologiyali tibbiy amaliyotlarni keng joriy etish ustuvor vazifalar qatorida belgilangan. Mazkur strategik yo‘nalishlarning muhim tarkibiy bo‘lagi sifatida bolalar jarrohlik stomatologiyasi xizmatlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tug‘ma yuz-jag‘ deformatsiyalari, yiringli jarohatlar, travmatik shikastlanishlar, ortognatik nuqsonlar kabi patologiyalar bolalarda tezkor tashxis, aniq jarrohlik yondashuvlari va muntazam reabilitatsiyani talab qiladi.Ushbu maqolada O‘zbekistonda bolalar jarrohlik stomatologiyasi xizmatlarining hozirgi holati, mavjud muammolar, diagnostika imkoniyatlarining cheklanganligi, hududiy nomutanosiblik, malakali kadrlar yetishmovchiligi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar – 3D-diagnostika, lazer jarrohligi, telemonitoring, sun’iy intellekt asosida tahlil qilish tizimlarining joriy etilishi bilan bog‘liq ilmiy-amaliy masalalar keng yoritildi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuqori texnologiyali innovatsion usullarni joriy etish jarrohlik aniqligini oshirish, asoratlarni kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish, reabilitatsiya jarayonini optimallashtirish va bolalar uchun xavfsizlikni kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, modernizatsiya jarayoni O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash islohotlari bilan to‘liq uyg‘unlashib, tizimning barqaror rivoji uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, texnik va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Dusmuxamedov M. Z
Sattorova D. G
G. A. Adxamjonova
Y. S. Xakimjonova
Dusmuxamedov M. Z, Sattorova D. G, G. A. Adxamjonova, & Y. S. Xakimjonova. (2025). O`Zbekiston Taraqqiyot Strategiyasida Sog`Liqni Saqlash Islohotlari Doirasida Bolalar Jarrohlik Stomatologiyasi Xizmatlarini Modernizatsiya Qilish Yo`Nalishlari. Journal of Science in Medicine and Life, 3(12), 49–52. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JSML/article/view/3005
Copyright and license info is not available

Article Details