Abstract
Laminit bilan og‘rigan otlarda mushak to‘qimalarining shikastlanishi kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi muhim patofiziologik omillardan biridir. Ushbu jarayonni baholashda kreatin fosfokinaza (KFK) darajasining umumiy ko‘rsatkichlari ishonchli biokimyoviy marker sifatida katta ahamiyatga ega. Mazkur maqolada laminit bilan og‘rigan otlarda mushak patologiyasining potensial indikatori sifatida KFK ning sistemali tahlili o‘rganildi. Tadqiqot KFK darajasining turli klinik bosqichlarda o‘zgarishini, mushak zararlanishi darajasi bilan bog‘liqligini va laminitning og‘irlik darajasini baholashdagi diagnostik ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, KFK monitoringi asosida kasallikning erta aniqlanishi, davolashning samaradorligini baholash hamda yallig‘lanish va og‘riqni kamaytirishga qaratilgan yangi terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatlari tahlil qilinadi.