Abstract
Bepushtlik erkaklarda reproduktiv salomatlikni baholashda keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Spermogramma – erkak bepushtligini aniqlash va uning sabablarini o‘rganishda eng asosiy laborator diagnostik vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada bepushtlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda spermogramma tahlilining klinik ahamiyati, uning parametrlarining (sperma hajmi, harakatliligi, shakli va spermatozoid soni) diagnostik qiymati tahlil qilinadi. Shuningdek, spermogramma natijalarining reproduktiv samaradorlik va davolash strategiyasini belgilashdagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot spermogramma orqali aniqlangan patologik o‘zgarishlar va ularning klinik natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni yoritadi.
Full text article
Generated from XML file
Authors
Nodir o’g’li, Y. B. . (2025). Bepushtlik Tashxisi Qo’yilgan Bemorlarda Spermogramma Tahlilining Klinik Ahamiyati. Journal of Science in Medicine and Life, 3(11), 47–50. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JSML/article/view/2929
Copyright and license info is not available