Abstract
Sog‘lom rivojlanayotgan o‘smir organizmida qomat holati muhim biomexanik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahonda harbiy xizmatga chaqiruvgacha yoshdagi o’smirlarda ortopedik kasalliklar profilaktikasining o’rni va samardorligini baholashda qomat buzulishi xavfining pedagogik va psixologik, ruhiy emotsional, o‘quv jarayonini tashkil etish kabi omillar va jismoniy tayyorgarlikning qomat shakllanishiga bog‘liqligi tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot Toshkent shahrining Mirobod va Shayxontohur tumanlarida yashovchi 15–17 yoshli maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadqiqotda o‘smirlarning jismoniy faollik darajasi, qondagi kalsiy, fosfor, Vitamin D ning miqdori va ularning qomat holati o‘rtasidagi bog‘liqligi, ularning ehtimoliy sabablari va asosiy omillari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, jismoniy faollik darajasi past bo‘lgan o‘smirlarda, shuningdek qonda kalsiy, fosfor, Vitamin D miqdori past bo‘lgan o‘smirlarda qomat buzilishlari sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi.