Abstract
Ushbu maqola chivinlarning (Diptera turkumi) tibbiyotdagi ikki xil rolini ko‘rib chiqadi: kasallik tarqatuvchi xavfli vektorlar sifatida va ilmiy tadqiqotlar hamda ekologik muvozanatda foydali organizmlar sifatida. Chivinlarning Anopheles, Aedes va Culex kabi turlari bezgak, dengi, Zika virusi kabi yuqumli kasalliklarni tarqatishi, shuningdek, uy chivinlarining ichak infektsiyalariga sabab bo‘lishi yoritiladi. Shu bilan birga, Drosophila melanogaster genetik tadqiqotlarda model organizm sifatida, steril hasharotlar texnikasi orqali kasalliklarning oldini olishda va lichinkalarning suv ekotizimlarini tozalashdagi foydasi muhokama qilinadi. Chivinlarga qarshi kimyoviy, biologik va jamoat salomatligi choraları ham tahlil etiladi. Maqola chivinlarga muvozanatli yondashish zarurligini ta’kidlaydi.