Abstract
Dlzarblik. Giperkolesterolemiya va ateroskleroz hali ham Markaziy Osiyoda o'limning asosiy sababi bo'lib qolmoqda.
Maqsad. Eksperimental giperkolesterolemiyada nitroergik tizimdagi o'zgarishlar bilan endotelial disfunktsiyaning molekulyar mexanizmlarini o'rganish.
Materiallar va usullar. Tajribalar o'rtacha vazni 2,5-3,0kg bo'lgan 28ta chinchilla quyonlarida o'tkazildi. Dori vositalarining ta'siri dinamikada o'rganildi: dastlabki 3 oylik holat va preparatni qabul qilishdan bir oy o'tgach. Olingan natijalar nazorat va buzilmagan guruhlar natijalari bilan solishtirildi.
Natijalar. Qon zardobidagi nitrat reduktaza fermentining faolligi ekzogen xolesterin kiritilgandan keyin 30-kunida atigi 1,15 marta, keyin 60 va 90-kunlarda - 1,3 va 1,76 marta ortadi.
Xulosa. Qon zardobida giperkolesterolemiya va ateroskleroz dinamikasida NO -ergik tizimda sezilarli buzilishlar mavjud.