Abstract
Hozirgi kunga kelib avtoradiografiya usulidan ham mukammalroq usul–pozitron еmission tomografiya (PET) usuli keng qo`llanilmoqda. Pozitron-еmission tomografiya (yoki ikki fotonli еmission tomografiya) bu ichki organlarni tomografik ko`rish usuli bo`lib, u to`qimalarning radioaktiv izotoplarini yig`ish xususiyatiga asoslangan. Uning asosida pozitronlar annigliyatsiyasi (zarracha va antizarrachalarning to`qnashganida boshqa zarrachalarga aylanish xususiyati) yotadi. Annigilyatsiya vaqtida PЕT–skaneri yordamida qayd qilish mumkin bo`lgan gamma-kvantlar jufti hosil bo`ladi. Pozitronlar еsa, bemor organizmiga tekshiruv oldidan tomir ichiga kiritiladi yoki gaz holatida kiritilgan radiofarm preparatining tarkibiga kiruvchi radionuklidning parchalanishi natijasida hosil bo`ladi.
PЕT organizmda bo`layotga turli jarayonlarni aynan konkret tekshiruvga mos radiofarm preparat yordamida aniqlash imkonini beradi: metabolizm, moddalar transporti va h.k.z. PET metabolik jarayonlardagi va boshqa fiziologik faoliyatdagi oʻzgarishlarni koʻrish va oʻlchash uchun izotop indikatorlar deb nomlanuvchi radioaktiv moddalardan foydalanadigan funktsional xususiyatlarni, qon oqimi, mintaqaviy kimyoviy tarkibini tasvirlash usuli hisoblanadi. Tanadagi maqsadli jarayonga qarab, turli xil tasvirlash maqsadlari uchun turli moddalar qoʻllaniladi [1].
Hozirgi vaqtda PЕT tekshiruvlari vaqtida uglerod-11, azot-13, kislorod-15, ftor-18 kabi izotoplar qo`llaniladi. Bu moddalar kichkina dozada kiritilganida ham sifatli tasvir olish mumkin.