Abstract
Timus (ayrisimon bez) chaqaloqlarda o‘rtacha 15 g va o‘lchamlari ham 5 sm dan buyiga, eniga va qalinligiga to‘g‘ri keladi. Inson hayoti davomida intensiv ravishda 15 yoshgacha kattalashib o‘sib boradi, qariyib ikki barobar kattalashadi, so‘ngra qaytar jarayonga uxshab rivojlanishdan to‘xtaydi, hamda 70 yoshdan keyin atrfodagi to‘qimalardan farqi qolmaydi. To‘sh suyagi dastasining yuqorigi qirg‘og‘idan 2 sm pastda joylashadi, yurak xaltachasi (perikard), aorta ravog‘i va plevraga tegib turadi. Ayrisimon bez to‘qimasining qismlari qalqonsimon bezda, buyin sohasida, xalqum bodomcha bezlarida, ko‘krak qafasining yurak bilan o‘pka orasidagi sohalarda ham joylashadi. Ikki qismdan iborat bo‘lib, bir-birlari zichlashib birikib ketgan, xuddi vilkaning ikki tishchasiga uxshaydi. A’zo bo‘lakchalarida mag‘iz va po‘stloq qavatlari farqlanadi. Po‘stloq qavati to‘qroq rangda bo‘ladi.