Abstract
Og‘ir darajali diabetik tovon sindromida pastki muchchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan 104 bemorni tekshirish natijalari o‘rganildi. Barcha tekshirilgan bemorlar davolash usuliga ko‘ra ikki guruhga bo‘lingan: I-guruhga diabetik tovon sindromida pastki muchchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan 56 bemor kiritilgan, ularga an’anaviy mahalliy davolash usuli o‘tkazilgan, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan: angiografik tekshiruv va endovaskulyar aralashuv, shuningdek, mahalliy jarrohlik davolash va yaralarni antiseptik pereparatlar bilan ishlov berish. II-guruhning 48 bemorida pastki muchchalarning jarohatlarini mahalliy davolashda, muchcha (EFE-A) abakterial vositasi ishlatilgan. EFE-A ning antibakterial xususiyatlarini hisobga olgan holda, abakterial muhit zararlangan muchchani EFE-A eritmasiga botirish orqali yaratildi.
Tadqiqot natijalarini baholash shuni ko‘rsatdiki, pastki muchchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda rentgen endovaskulyar tashhisot va mahalliy abakterial muhitdan foydalanishni hisobga olgan holda jarrohlik taktikasining differensial yondashuvidan foydalanish ushbu toifadagi bemorlarning davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashadi.