Raqamli Transformatsiya Va Uning Iqtisodiy Boshqaruvdagi Ahamiyati

Qo‘ziboyev Xusan Shirinboy o‘g‘li

Abstract

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli transformatsiyaning iqtisodiy
boshqaruvdagi ahamiyatini tahlil qilishdir. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning iqtisodiy
boshqaruvga ta’sirini, iqtisodiy tizimlarning raqamli integratsiyasini va yangi boshqaruv
yondoshuvlarini o‘rganish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlashga
qaratilgan. Tadqiqotda empirik va nazariy tahlil metodlari qo‘llanilgan. Raqamli transformatsiyaning
iqtisodiy boshqaruvga ta’sirini o‘rganishda, statistik ma’lumotlar, ilg‘or tajribalar va global trendlar
asosida raqamli texnologiyalar va boshqaruv samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, raqamli transformatsiya iqtisodiy boshqaruvni optimallashtirish va samaradorlikni
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Blokcheyn, sun’iy intellekt, raqamli valyutalar va boshqa
innovatsion texnologiyalar, iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish va soddalashtirishga yordam
bermoqda. Tadqiqot raqamli transformatsiyaning iqtisodiy boshqaruvdagi roli haqida yangi nazariy
yondoshuvlarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari, siyosatchilar va iqtisodchilar uchun raqamli
transformatsiyani iqtisodiy boshqaruvda samarali joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim
etadi. Tadqiqot faqat iqtisodiy boshqaruv va raqamli transformatsiyaning o‘zaro aloqalariga e’tibor
qaratgan.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Qo‘ziboyev Xusan Shirinboy o‘g‘li
Qoziboyev@gmail.com (Primary Contact)
Shirinboy o‘g‘li, Q. X. (2026). Raqamli Transformatsiya Va Uning Iqtisodiy Boshqaruvdagi Ahamiyati. Journal of Research in Innovative Teaching and Inclusive Learning, 4(2), 130–132. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JRITIL/article/view/3166

Article Details