Oliy Ta’lim Muassasalarida Talabalarda Ekologik Madaniyatni Shakllantirishning Pedagogik Asoslari
Abstract
Mazkur maqola hozirgi zamon global ekologik inqirozi sharoitida boʻlajak mutaxassislarning ekologik madaniyatini shakllantirish muammosiga bagʻishlangan. Tadqiqotda inson faoliyati va tabiat oʻrtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi, barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim tizimiga joriy etish zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ekologik siyosat, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlari oliy ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni shakllantirishga yangicha yondashuvlarni talab etishi ta’kidlangan. Tadqiqotda ekologik madaniyatning falsafiy-pedagogik asoslari ochib berilgan, oliy ta’lim jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida ekologik tarbiya jarayonini tashkil etishning samarali yoʻllari aniqlangan.