Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarida Ta’lim Samaradorligini Oshirishda Ota Onalar Va Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti O‘Rtasida Hamkorlikni Mustahkamlash
Abstract
Mazkur tadqiqot maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim samaradorligini oshirishda ota-onalar va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning pedagogik ahamiyatini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ota-onalar bilan hamkorlikning mavjud holati tahlil qilinib, uni mustahkamlashga qaratilgan samarali shakl va usullar aniqlangan. Empirik tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlari natijalari ota-onalarning ta’lim jarayonidagi faolligi bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nutq rivoji va umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim pedagogik omili ekanligi asoslab berildi.