Shahar Transportini Temir Yo‘L Transporti Bilan Bog‘Lash Tizimi
Abstract
Ushbu maqola shahar transporti tizimini temir yo‘l transporti bilan integratsiyalashning zamonaviy yondashuvlari va mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - yo‘lovchilar harakatini optimallashtirish, transport almashinuvini tezlashtirish va shahar ichida barqaror mobilitetni ta’minlashga xizmat qiluvchi yagona transport tizimini yaratish imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat. Bunda multimodal transport yechimlari, yo‘lovchi oqimlari tahlili, logistika jarayonlari hamda integratsiyalashgan chiptalash va axborot tizimlarining afzalliklari ko‘rib chiqilgan. O‘rganish natijalari transport tarmoqlarini uzviy bog‘lash orqali yo‘l harakati zichligini kamaytirish, ekologik yuklamani pasaytirish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish mumkinligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari shahar transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviy tizimlarini joriy etishda amaliy ahamiyat kasb etadi.