Bo‘Lajak Boshlang‘Ich Ta’lim O‘Qituvchilarini Professional Rivojlanishning Texnologik Asoslari
Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining professional rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaga asoslangan, reflektiv-pedagogik, shaxsga yo‘naltirilgan, innovatsion va integrativ yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unlashgan holda qo‘llanishi professional rivojlanish jarayonining samaradorligini oshirishi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada bosqichma-bosqich metodologik model taklif etilib, o‘qituvchi tayyorlash jarayonida diagnostika, rivojlantirish, refleksiya, integratsiya hamda monitoring bosqichlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari kelajakdagi pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini tizimli rivojlantirish, ularning zamonaviy ta’lim muhitida faoliyat yuritish salohiyatini oshirish hamda uzluksiz professional o‘sishni ta’minlash imkonini beradi.