Qulupnayning Fragaria Ananassa Turining Foydali Xossalari Va Uning Eksporti

Karimova Suxsuroy Otabek qizi

Abstract

O’zbekistonda yetishtiriladigan rezavorlar orasida qulupnay hosildorligi va ekilish maydoni bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Mamlakatimizda hozirgi paytda qulupnayning barcha navlari bo’yicha 2022-yil hosili uchun 1,4 ming gektar qulupnay yetishtirilgan. Shu jumladan Fragaria ananassa turi keng tarqalgan hisoblanadi. Oktoploid o’stiriladigan qulupnay (Fragaria ananassa) 18-asrda Fransiyada F.Virginiana va F.Chiloensis o’rtasida tasodifiy chatishish yo’li bilan paydo bo’lgan rezavor meva hisoblanadi. Yevrosiya va Amerikada 50 turi ma’lum.b O’zbekistonda qulupnayning jami 10 navi yetishtirilib kelinmoqda. Qulupnay turli iqlim doiralarga moslashuvchan bo’lib, yerning Qutb doirasidan to subtropik joylargacha o’stiriladi. Shunga qaramay u issiq iqlim sharoitida yaxshi rivojlanadi. Mevasi to’q qizil rangga ega bo’lib, asosiy hosilini may-iyun oylarida yig’ib olinadi va hosil berishi oktabr oyining boshigacha davom etadi. Qulupnayda 5-10% uglevod (glyukoza, fruktoza, saxaroza), limon kislota, turli modda va fenol birikmalari bor. Vitaminlardan esa A,C,B va minerallardan: temir, kobolt, marganets, molibden va ftor mavjud. Shuningdek, qulupnaylarda bir necha sinfga kiruvchi flavonoidlar uchraydi (flavononlar, antosiyaninlar, flavonollar, flavan-3-ollar). Bu flavonoidlar fenilpropanoid yo’li orqali ishlab chiqiladi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Karimova Suxsuroy Otabek qizi
Karimova Suxsuroy Otabek qizi. (2023). Qulupnayning Fragaria Ananassa Turining Foydali Xossalari Va Uning Eksporti. Journal of Research in Innovative Teaching and Inclusive Learning, 1(4), 17–18. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JRITIL/article/view/260
Copyright and license info is not available

Article Details