TOVUSHLAR TALLAFUZI BUZILGAN BOLALAR BILAN KORREKSIYALOVCHI LOGOPEDIK ISH BOSQICHLARI
Abstract
Tovushlar tallafuzi buzilishi – bolalarning nutq rivojlanishida eng keng tarqalgan
muammolardan biridir. Bu holat, bolada tovushlarning noto'g'ri talaffuzi, tovushlarni ajrata olmaslik
yoki so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganida aniqlanadi. Tovushlar tallafuzi
buzilgan bolalar bilan logopedik ishlash jarayoni muhim va o'ziga xos yondashuvni talab qiladi.
Ushbu maqolada tovushlar tallafuzi buzilgan bolalar bilan logopedik ishning bosqichlari, ularni
to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatishning samarali metodlari va tegishli usullar ko'rib chiqiladi.
Logopedik korreksiya – bu nafaqat so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatish, balki bolaning umumiy
nutq rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan tizimli va izchil faoliyatdir. Maqolada, bolalar bilan
ishlashda qo'llaniladigan asosiy metodik yondashuvlar, materiallar va muhim bosqichlar ham
muhokama qilinadi.