DISLEKSIYA VA DISLEKSIYAGA TASNIF
Abstract
Disleksiya – bu o'qish, yozish va ba'zan talaffuz qilishda muammolarni keltirib
chiqaradigan neyropsixologik holatdir. Disleksiya ko'pincha bolaning miyasi o'qish jarayonlarini
qayta ishlashda qiyinchiliklarga duch kelganida yuzaga keladi, lekin bu holat kattalarda ham
uchrashi mumkin. Maqolada disleksiya haqida umumiy tushuncha, uning sabablar, belgilari, turlari
va tasnifi haqida so'z yuritiladi. Disleksiya turli darajalarda bo'lishi mumkin va har bir shaxsda
alohida namoyon bo'lishi mumkin. Maqolada shuningdek, disleksiya bilan kurashishda
qo'llaniladigan yordamchi texnologiyalar, ta'lim metodikalari va reabilitatsiya yondashuvlari ham
ko'rib chiqiladi. Maqsad – disleksiya haqida kengroq tushuncha hosil qilish va uni aniqlashda
yordam beruvchi metodlarni taqdim etishdir.