BUXORO AHOLISINING ETNIK TARKIBINI O’RGANILISHI BILAN BO’G’LIQ AYRIM MULOHAZALAR

Yusupova Manzura O’ktamovna, Nabiyeva Shaxina

Abstract

Buxoroliklarning  etnik kelib chiqishini o’rganish murakkab masalalardan biridir. Bu to’g’risida turli adabiyotlarda turlicha fikr bildirilgan. A.Jenkinson va F.Yefremovlarning Buxoro to’g’risidagi dastlabki fikrlarida uning etnik tarkibi xususida biror – bir fikrlar keltirilmagan, lekin shunday bo’lsa ham ular o’z asarlarida buxoroliklarning tili haqida so’z yuritilganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan Buxoro shahrida tojik (fors) tili ustunligini qayd etilib, buni forslarning sobiq hukmronligi bilan izohlaydi: “Buxoro o’lkasi bir vaqtlar forslar hukmronligi ostida bo’lgan va hozirda ham fors tilida so’zlashadi”. Buxoro aholisiga rus mualliflaridan Meyendorf va Xanikov, shuningdek venger olimi Vamberi tavsif bergan.Ular tojiklarni shaharning asosiy aholisi deb bilishgan. Meyendorfning tomonidan yozib qoldirilgan ma’lumotlarga ko’ra shahar aholisining 2/3 qismini tojiklar tashkil qilar ekan. U bilan bir vaqtda Buxoroda bo’lgan Eversman, 1835 – yilda Buxoroni kuzatgan Vitkevichlar to’plagan materillaridan foydalangan P.Savelyev shahar aholisining 3/4 qismini tojiklar, atigi chorak qismini o’zbeklar tashkil qilishini ma’lum qiladi.


 

Full text article

Generated from XML file

Authors

Yusupova Manzura O’ktamovna
Nabiyeva Shaxina
Yusupova Manzura O’ktamovna, & Nabiyeva Shaxina. (2024). BUXORO AHOLISINING ETNIK TARKIBINI O’RGANILISHI BILAN BO’G’LIQ AYRIM MULOHAZALAR. Journal of Innovation in Education and Social Research, 2(4), 55–58. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/858
Copyright and license info is not available

Article Details