Navoiy Asarlarida Termiziylar Siymosi

Kosimov Kamoliddin Alisherovich

Abstract

Ushbu maqolada Hakim Termiziy boshchiligida Termizda IX–X asrlarda shakllangan ilmi ilohiyot maktabi hamda uning tasavvuf taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. Manbalar asosida allomaning ilmiy merosi, xususan “Xatm ul-valoyat” va “Navodir ul-usul” asarlarining Sharq va G‘arb ilmiy muhitidagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari orqali Termizlik mashoyixlar — Abu Bakr Varroq, Abu Zarr Termiziy, Homid Termiziy, Abulmuzaffar Termiziy kabi allomalarning hayoti, qarashlari va tasavvufiy hikmatlari ochib beriladi. Maqolada Termiz ilmiy muhiti, ustoz-shogird an’analari hamda tasavvufning asosiy g‘oyalari — qalb pokligi, ma’naviy kamolot va inson erkinligi masalalari yoritilib, ularning tarixiy-falsafiy ahamiyati ochib beriladi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Kosimov Kamoliddin Alisherovich
qosimovkamoliddin61@gmail.com (Primary Contact)
Kamoliddin Alisherovich, K. (2026). Navoiy Asarlarida Termiziylar Siymosi. Journal of Innovation in Education and Social Research, 4(5), 6–12. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/3295
Copyright and license info is not available

Article Details