Shavkat Rahmon She’riyatini Tahlilida Zamonaviy Pedagogik Texnalogiyalardan Foydalanish
Abstract
Ushbu maqolada Shavkat Rahmon lirikasi asosida adabiy tahlil metodikasini shakllantirish yo‘llariga urg‘u berilgan. Shavkat Rahmon – XX asr oxiri o‘zbek she’riyatining yirik nomoyondalaridan biri sifatida o ‘z o ‘rniga ega ijodkordir. Uning she’rlari nafaqat badiiy qimmatga, balki ma’naviy-ruhiy tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Lirik asarlarni tahlil qilish jarayonida zamonaviy adabiy-metodik yondashuvlarni tatbiq etish talab etiladi. Maqolada avvalo adabiy tahlilning nazariy asoslari, uning maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan. Xususan, Shavkat Rahmon she’riyatida milliy o‘zlik, vatanparvarlik, inson ruhiyati va falsafiy qarashlar uyg‘unligi tahlilning markaziy obyekti sifatida belgilangan.
Tadqiqotda adabiy tahlil metodikasini uch bosqichda shakllantirish zarurligi asoslangan: birinchi bosqichda she’r matnining badiiy xususiyatlarini immanent tahlil qilish; ikkinchi bosqichda uni keng adabiy jarayon, tarixiy va ijtimoiy-madaniy kontekst bilan bog‘lash; uchinchi bosqichda esa estetik va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish. Shu orqali o‘quvchilarda she’riyatni chuqur anglash, badiiy zavq tuyish va ma’naviy qadriyatlarni his qilish ko‘nikmalari shakllanishi ta’kidlanadi.
Maqolada metodik vosita sifatida savol-javob, munozara, klaster, imidjini tahlil qilish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan – klaster usuli, sinkveyn, elektron platformalarda tahlil mashg‘ulotlarini tashkil qilish tavsiya etilgan. Olingan natijalar Shavkat Rahmon lirikasi tahlili orqali adabiy bilimlarni chuqurlashtirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va estetik didni shakllantirish imkonini berishi ko‘rsatilgan.
Xulosa sifatida, Shavkat Rahmon lirikasi asosida metodik tizim yaratish nafaqat adabiy tahlil samaradorligini oshiradi, balki yosh avlodda milliy ma’naviyat va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.