Maktab Kutubxonasi Sharoitida O‘Quvchilarning Ongli Mutolaa Ko‘Nikmalarini Rivojlantirish
Abstract
Mazkur maqolada maktab kutubxonasi sharoitida o‘quvchilarning ongli mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik, tashkiliy hamda uslubiy asoslari yoritilgan. Unda ongli mutolaaning mazmun-mohiyati, uning o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy va axborot madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, maktab kutubxonalarida tashkil etiladigan mutolaa jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Maqolada maktab kutubxonasi pedagogik muhit sifatida qaralib, kutubxonachi va fan o‘qituvchilarining hamkorlikdagi faoliyati asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, tanqidiy qarash va axborotni ongli qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari asoslab berilgan.