Tabobat Va Zamonaviy Tibbiyot: Integrativ Yondashuvning Ahamiyati

Shoimova S. SH, L. S. Yuldasheva

Abstract

Ushbu maqolada tibbiyot tizimida tabobatning o‘rni va ahamiyati ilmiy hamda falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Zamonaviy tibbiyot texnologik va ilmiy taraqqiyotga tayangan holda rivojlanayotgan bir sharoitda, ko‘p asrlik tajribaga ega bo‘lgan tabobat usullarining dolzarbligi saqlanib qolayotganligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida tabobatning nazariy asoslari, uning inson organizmiga kompleks yondashuvi hamda kasalliklarning oldini olishdagi roli o‘rganiladi.


Maqolada dialektik, tahliliy va taqqoslash metodlaridan foydalanilib, tabobatning zamonaviy tibbiyot bilan o‘zaro munosabatlari baholanadi. Olingan natijalar tabobatni to‘liq inkor etish yoki uni mutlaq davolash tizimi sifatida qabul qilish ilmiy jihatdan asoslanmaganligini ko‘rsatadi. Aksincha, tabobat usullarini ilmiy mezonlar asosida baholash va ularni zamonaviy tibbiyot bilan integratsiya qilish imkoniyatlari mavjudligi aniqlanadi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Shoimova S. SH
L. S. Yuldasheva
S. SH, S., & Yuldasheva, L. S. (2026). Tabobat Va Zamonaviy Tibbiyot: Integrativ Yondashuvning Ahamiyati. Journal of Innovation in Education and Social Research, 4(1), 34–37. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/3073
Copyright and license info is not available

Article Details