Ekologik Ta'lim Va Tarbiyaning Zamonaviy Pedagogik Yondashuvlari
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Xususan, kompetensiyaviy, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va integrativ yondashuvlarning mazmuni hamda ularning ekologik ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Ekologik kompetensiyaning tuzilishi bilimli, amaliy-faoliyat va shaxsiy komponentlar asosida yoritilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, o‘quv va darsdan tashqari faoliyatni birlashtirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Muammoli ta’lim elementlaridan foydalanish orqali talabalarning tanqidiy tafakkuri, ijodiy qobiliyatlari va ekologik faolligini rivojlantirish masalalari asoslangan.