Ichak Mikrobiotasining Yallig‘Lanish Kasalliklari Rivojlanishidagi Roli Va Terapiyaga Javobni Bashorat Qilishdagi Diagnostik Ahamiyati (Adabiyotlar Sharhi)
Abstract
Ichak mikrobiotasi oxirgi yillarda yallig‘lanishli ichak kasalliklari (YIChK) patogenezini tushuntirishda eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Mikrobiota — bu gastrointestinal traktda yashovchi trillionlab mikroorganizmlardan iborat murakkab ekologik tizim bo‘lib, u immun tizimi, metabolik jarayonlar va ichak shilliq qavatining barqarorligini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Mikrobiotaning tarkibidagi disbalans — disbioz, immun javobning buzilishiga, epitelial barrier funksiyasining zaiflashishiga va proinflamator mediatorlar sekretsiyasining ortishiga olib kelishi isbotlangan . Klinik tadqiqotlar Kronkasalligi va yarali kolitda Firmicutes qatoriga mansub foydali bakteriyalarning kamayishi, Proteobacteria guruhining esa ko‘payishi bilan tavsiflanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, mikrobiota tarkibining individual xususiyatlari biologik terapiyaga, xususan anti-TNF preparatlariga javobni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada ichak mikrobiotasining YIChK rivojlanishidagi roli, mikrobiotadagi o‘zgarishlarning terapevtik samaraga ta’siri va mikrobiotani modulyatsiya qilishga asoslangan davolash strategiyalari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Full text article
Generated from XML file
Authors
Anvarovich, D. A. . (2025). Ichak Mikrobiotasining Yallig‘Lanish Kasalliklari Rivojlanishidagi Roli Va Terapiyaga Javobni Bashorat Qilishdagi Diagnostik Ahamiyati (Adabiyotlar Sharhi). Journal of Innovation in Education and Social Research, 3(11), 52–56. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/2900
Copyright and license info is not available