“Green School” Muhitida Steam Yondashuvi Asosida Kreativ Fikrlashni Rivojlantirish
Abstract
Ushbu maqolada “Green School” (Yashil maktab) muhitida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi asosida o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llash mexanizmlari tahlil etilgan. Maqolada ekologik barqarorlik, innovatsion pedagogika, muhandislik va san’at integratsiyasi orqali o‘quvchilarda ekologik ong, ijodiy tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirishning yangi usullari asoslab beriladi. Tadqiqotda “Green School” muhitining barqaror rivojlanishdagi o‘rni, STEAM yondashuvining didaktik afzalliklari hamda kreativ fikrlashni rivojlantirishda ekologik loyihalar, tajriba mashg‘ulotlari va raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritiladi.