Oliy Ta’lim Muassasasi Pedagog Xodimlarining Gender Tengligini Takomillashtirish Tarbiyaviy Mazmuni
Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining gender tengligini takomillashtirish masalasi tarbiyaviy mazmun nuqtayi nazaridan yoritilgan. Gender tenglik nafaqat huquqiy, balki tarbiyaviy jarayonning muhim tarkibiy qismi sifatida talabalarda adolat, hurmat, hamkorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishi ta’kidlangan. Maqolada pedagog xodimlarning gender tenglikni rivojlantirishdagi roli, tarbiyaviy faoliyat yo‘nalishlari, teng imkoniyatlar yaratish, huquqiy va axloqiy tarbiya orqali yoshlar ongida gender madaniyatni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Xulosa sifatida, oliy ta’lim tizimida gender tenglikni takomillashtirish jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va professional, teng huquqli shaxslarni tarbiyalashga xizmat qilishi qayd etilgan.