Fuqarolik Jamiyati Va Davlat O‘Zaro Munosabatlarining Huquqiy Asoslari
Abstract
Mazkur maqolada fuqarolik jamiyati va davlat o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslari tahlil etilgan bo‘lib, unda ushbu munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda O‘zbekiston Respublikasida demokratik jamiyat qurish jarayonidagi o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqotda fuqarolik jamiyati institutlari — nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va ijtimoiy harakatlarning davlat bilan o‘zaro aloqalari huquqiy mexanizmlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro mas’uliyati, shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan huquqiy siyosat tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Ilmiy ishning maqsadi — fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, ularning amaliyotdagi roli va samaradorligini baholashdir. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilib, O‘zbekiston sharoitida fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqiladi.