Oliy Ta’lim Muassalarida Diskursiv Kompetensiya Asosida Ingliz Tilini O‘Qitishda “Topic Loop” Metodikasi Takomillashtirish

Muxamatjonova Diyora Rustam qizi

Abstract

Bugungi kunda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirilgan chet tilini,
xususan ingliz tilini o‘rgatish jarayonida o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim o‘rin
tutmoqda. Globallashuv, ilmiy axborot oqimining oshishi va xalqaro hamkorlikning kengayishi
tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislardan xorijiy tillarni, ayniqsa kasbiy matnlarni
o‘qish, tushunish va ulardan foydalanish malakasini talab qilmoqda. Mazkur tadqiqotda tibbiyot
talabalari uchun o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bosqichli yondashuvning
ahamiyati yoritilgan. Jumladan, tayyorlov (materiallarni o‘qish, videodarsliklarni tahlil qilish,
taqdimot va yozma ishlar tayyorlash), auditoriyada faol ishlash (muammoni tahlil qilish, baholash,
fikr almashish), hamda darsdan keyingi bosqich (munozaralarda ishtirok etish, mustaqil xulosa
chiqarish) kabi komponentlar asosida tuzilgan o‘quv jarayonining samaradorligi asoslab berilgan.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Muxamatjonova Diyora Rustam qizi
Muxamatjonova Diyora Rustam qizi. (2025). Oliy Ta’lim Muassalarida Diskursiv Kompetensiya Asosida Ingliz Tilini O‘Qitishda “Topic Loop” Metodikasi Takomillashtirish. Journal of Innovation in Education and Social Research, 3(6), 216–220. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/2580
Copyright and license info is not available

Article Details