Qishloq Hududlarida Oilaviy Tadbirkorlikni Rivojlantirish Istiqbollari
Abstract
Maqolada qishloq hududlarida oilaviy biznesni rivojlantirishning dolzarb masalalari, imkoniyatlari va muammolari ko‘rib chiqilgan. Oilaviy biznesning qishloq iqtisodiyotidagi ahamiyati, uning mahalliy resurslardan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq joylarida oilaviy biznesni rivojlantirishda duch kelingan moliyaviy, infratuzilma va kadrlar bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, ularni hal qilish yo‘llari ko‘rsatilgan. Xalqaro va mahalliy tajribalar asosida oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada qishloq hududlarida oilaviy biznesni rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiyotni yuksaltirish, qashshoqlikni kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashning imkoniyatlari yoritilgan.