Iqtisodiy Modellashtirishda Matritsalar Algebrasining Amaliy Qo’llanishi

Eshmamtov Ilhom Dusmamatovich

Abstract

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi-matritsalar algebrasining iqtisodiy modellashtirishdagi amaliy qo‘llanilishini chuqur tahlil qilish, xususan Leontyevning input-output modeli doirasida tarmoqlararo bog‘liqlikni aniqlashda matritsa usullarining samaradorligini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqot davomida statistik ma’lumotlarga asoslangan holda iqtisodiyotning real sektoridagi harajatlar va ishlab chiqarish munosabatlari matritsa ko‘rinishida ifodalandi. Ushbu yondashuv orqali iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar aniqlanib, ularning barqaror rivojlanishga ta’siri baholandi. Ishda analitik va sonli metodlar uyg‘unlashtirilib, xususan, matritsalar ko‘paytmasi, teskari matritsa, determinantlar usuli va vektorli tenglamalar tizimlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, matritsa asosidagi modellar iqtisodiy tahlilni soddalashtirish, qaror qabul qilishni tezlashtirish va resurslar taqsimotini optimallashtirish imkonini beradi.


Ushbu maqola algebrik modellashtirishni iqtisodiy tarmoqlararo bog‘liqliklarni prognozlashda samarali vosita sifatida tavsiflaydi. Yangi yondashuv sifatida, bu ishda matritsa modellarining real iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan integratsiyalashganligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari rejalashtirish organlari, iqtisodiy siyosat yurituvchi tashkilotlar hamda universitetlarda o‘quv-uslubiy material sifatida foydali bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, tadqiqotda ayrim tarmoqlar kesimida tafsilotlar chuqur ko‘rib chiqilmaganligi uning cheklovlaridan biri hisoblanadi. Kelgusida matritsa modellarini mikro va makro iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birlashtirgan holatda kengaytirilgan empirik tadqiqotlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Eshmamtov Ilhom Dusmamatovich
Dusmamatovich, E. I. (2025). Iqtisodiy Modellashtirishda Matritsalar Algebrasining Amaliy Qo’llanishi. Journal of Innovation in Education and Social Research, 3(4), 54–58. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/2353
Copyright and license info is not available

Article Details