Sud Va Boshqa Organlar Hujjatlari Ijrosiga Oid Qonunchilikka Rioya Etilishi Ustidan Prokuror Nazorati: Predmet, Obyekt Va Prokuror Nazorati Chegarasiga Taalluqli Masalalar

Kamol Karomatovich Mardonov

Abstract

Mazkur maqolada sud hujjatlari ijrosiga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan prokuror nazorati predmeti, obyekti va chegarasiga oid masalalar yoritilgan. Muallifning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysinuvchi prokurorlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shunigdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Ijro ishi yuritish sohasida davlat ijrochilari tomonidan qonunlarga rioya etilishi, har bir ijro harakatining o‘z vaqtida va qonunga asosan amalga oshirilishi, bu borada fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali ravishda himoya qilinishi ustidan nazorat olib borish prokuratura organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Kamol Karomatovich Mardonov
Kamol Karomatovich Mardonov. (2025). Sud Va Boshqa Organlar Hujjatlari Ijrosiga Oid Qonunchilikka Rioya Etilishi Ustidan Prokuror Nazorati: Predmet, Obyekt Va Prokuror Nazorati Chegarasiga Taalluqli Masalalar. Journal of Innovation in Education and Social Research, 3(2), 8–14. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/2134
Copyright and license info is not available

Article Details