ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK USULLARINI QOʻLLASH

Ahmedov Islom Baxtiyor oʻgʻli

Abstract

Maqolada ichki ishlar organlari xodimlarini Vatanga muhabbat va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati, bu yoʻldagi zaruriy ishlar, metodlar va usullar haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini vatanparvarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Vatanga muhabbat va kasbiy burchga sadoqat har bir xodimning mehnat faoliyatida muhim oʻrin tutishi kerak, chunki ularning ishi faqat huquqni muhofaza qilish, balki mamlakatning tinchligi, xavfsizligi va taraqqiyoti uchun ham masʼuliyatdir. Maʼlumki, yoshlarning maʼnaviy va axloqiy tayyorgarligini shakllantirish, ularda vatanparvarlik tuygʻularini uygʻotish muhim ahamiyatga ega. Maqolada, ichki ishlar organlari xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun turli yoʻllar, jumladan, tarixiy xotirani mustahkamlash, ilmu maʼrifatga intilish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va davlat manfaatlariga sadoqatni targʻib qilish kerakligi taʼkidlangan. Buning natijasida xodimlar Vatanga xizmat qilishni oʻz kasbiy burchi sifatida qabul qilib, jamiyatning tinchligi va xavfsizligini taʼminlashda samarali faoliyat koʻrsatishga qodir boʻlishadi.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Ahmedov Islom Baxtiyor oʻgʻli
Baxtiyor oʻgʻli, A. I. (2024). ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK USULLARINI QOʻLLASH. Journal of Innovation in Education and Social Research, 2(12), 246–248. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JIESR/article/view/1987
Copyright and license info is not available

Article Details