Yangi O‘Zbekiston: Ma’naviy-Ma’rifiy Ishlarning Yangi Bosqichi Va Uchinchi Renessans Sari Yo‘L
Abstract
Ushbu maqolada ma’naviyatning milliy yuksalishdagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan bo‘lib, ma’naviyatning jamiyat ruhiy holati, millatning ichki kuchini mustahkamlovchi va uni barqaror rivojlanishga undovchi qudratli manba sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida ma’naviyatning davlat siyosati va ijtimoiy hayotdagi ustuvor o‘rni, milliy qadriyatlarni tiklash va targ‘ib qilish orqali xalqning ma’naviy ongi va milliy g‘ururini yuksaltirishning ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Bundan tashqari, maqolada ma’naviy tahdidlar, yot g‘oyalar va globallashuvning salbiy ta’siri kabi zamonaviy muammolarni bartaraf etish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqilgan bo‘lib, unda oila, ta’lim muassasalari, mahalla va jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning uzviyligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlar asosida ma’naviy immunitetni shakllantirish kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.