Ta’lim Tizimida O’quvchilarning Oliy Ta’lim Muassasasi Va Mutaxassisliklarini Tanlashining Ichki Va Tashqi Omillari
Abstract
Mazkur maqolada Yaponiyaning ta’lim tizimi va undagi o’ziga xos xususiyatlar, shuningdek, o’quvchilarning oliy ta’lim muassasasi va mutaxassislik tanlashiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Yaponiyada ta’limning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qanday rol o‘ynashi va jamiyatda ta’lim darajasining yuqori baholanib, o’quvchilarning oliy ta’limga kirish motivatsiyasi kuchli ekanligi ko‘rib chiqilgan. Muallif, shuningdek, Yaponiyada ta’lim jarayonidagi raqobat, stress, testga yo‘naltirilgan o‘qitish va ijodiy fikrlashga yetarli e’tibor berilmasligi kabi muammolarni ham yoritadi. Maqolada xalqaro PISA va TIMSS tadqiqotlari natijalari Yapon o‘quvchilarining ta’lim ko‘rsatkichlariga aloqador natijalari bilan solishtirilib, yuqori o’quv motivatsiyasining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.