Qadimgi Diniy Tasavvurlarning Moddiy Madaniyatda Ko‘Rinishi
Abstract
Ajdodlarimiz mehnat tufayli hayvont olamidan ajrab, odam sifatida shakllanish davrining so‘nggi bosqichlarini o‘tayotgan kezlarda (qadimgi tosh davrining muste bosqichi), yashash uchun kurash og‘irliklari, tabiat kuchlari oldida ojizligini seza boshlaydilar. Shuning uchun o‘zlarining yashash mintaqalarida tirikchilik manbai bo‘lgan turli xil tabiat ne’matlariga topina boshlaydi, ular tufayli yashashda davom etayotganligi haqidagi ilk tasavvurida ularni ilohiylashtira boshlaydilar. O‘sha davrlarda tabiatning ularga tortiq etgan mo‘jizasi turli hayvonlar va yovvoyi o‘simliklar bo‘lgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, odamzod ilk diniy qarashlarida hayvonlar va daraxtlarga e’tiqod qilish kelib chiqadi. Bu totemizm nomi bilan fanda o‘z o‘rnini topgan.