OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISH HAMDA TALABALARDA ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Dunyo miqyosida rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki hozirgi globallashgan dunyoda keng qamrovli tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan mutaxassislar zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rganish asosiy o‘ringa ko‘tarilishi zamon talabidir. Yoshlarni ta’lim olishga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish uchun o‘quv amaliyoti fanlarni o‘qitish, mustaqil va ijodiy ishlashlarini samarali tashkil qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Professional ta’limning barcha bosqichlarida bo‘lajak mutaxassis uchun mustaqil fikr yuritish asosiy talab bo‘lib qolishi kerak. Fikrlash yoki fikr yuritish o‘quvchi aqliy faoliyatining, aql zakovatining, muomala maromining, ongli xulq-atvorining yuksak shakli bo‘lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim jarayonini modellashtirishda kasbiy mobillik (academic mobility) va vaqt taqsimoti (time management) va o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash va amaliyotga joriy etish dolzarbligicha qolmoqda.