The Epos “Alpomish” and its History of Creation
Abstract
Ushbu maqola “Alpomish” dostoni va uning tarjimasi haqida yozilgan. Nazariy jihatdan, atoqli otlar til doirasiga kirmaydi va ularni lug’atlardan va ensiklopediyalardan izlash kerak. Masalan, Millning fikricha, nomlar hech qanday ma’noga ega bo‘lmasligi, ma’nosi ham tarjima qilinmasligi yoxud tarjima qilinishi ham mumkin. Biroq, atoqli otlarni tarjima qilish tabiatiga ko‘ra unchalik ham oson va aniq qoidalarga ega ish emas. Nyumarkning fikriga ko‘ra, atoqli otlarni besh toifaga bo'lish mumkin: o‘ziga xos ismlar, tarixiy institutsional atamalar, xalqaro institutsional atamalar, milliy institutsional atamalar va madaniy atamalar. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi barchaga ma’lum qarashlardan farqli o‘laroq, atoqli otlar ma’nosi muammolari bilan chambarchas bog’liq bo‘lgan ahamiyatsiz qolib ketadigan masalalarga yechim qidirishdan iboratdir. Yana unda oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida atoqli otlar bilan qanday jarayon sodir boʻlishini koʻrsatishga qaratilgan.