Tasavvuf Manbalarida Ijtimoiy Tenglik Va Adolat Mezonlarining Tarixiylik Va Vorisiylik Xususiyatlari
Abstract
Movarounnahr tasavvufi boshqa yurt tasavvuf ta’limotlari dan o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va yo‘nalishlari, usul va uslubiyati bilan farqlanib turgan. Zero, tarixan Turon zaminida shakllangan bag‘rikenglik tamoyillariga yo‘g‘rilgan o‘lka tasavvufi asrlar davomida turli din, millat va madaniyat vakillari yonma-yon totuv yashab kelishlariga o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Ayniqsa, Movarounnahrdagi yirik tariqat hisoblangan naqshbandiyani boshqa tariqatlardan farqlab turuvchi, tarkidunyochilik emas, ijtimoiy faol hayot tarziga undovchi «Dil ba yoru, dast ba kor» shiori ostida shakllangan ilmiy-ma’naviy merosini diqqat bilan o‘rganish qadriyatlarimizga yuksak e’tibor berilayotgan bir vaqtda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, naqshbandiya tariqatida yuksak ma’naviy mezonlar, insoniy fazilatlar haqidagi ta’limotning kundalik hayot va oddiy insonlar turmush tarziga yaqinlashtirilgani uning tadrijiy taraqqiyotiga hamda har qanday zamon va makonga mos kelishiga zamin yaratgan deyish mumkin.